Investitsiya vositachisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Investitsiya vositachisi - birja hamda birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik shuningdek dilerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi [1]. Bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega tijorat banklari shuningdek sugʻurta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyat olib borish huquqiga ega boʻladi. Bunday hollarda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun tijorat banklarining shu jumladan sugʻurtalovchilarning alohida litsenziya olishi talab etilmasligi ham belgilanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Investitsiya vositachisi". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 210.