Internet Explorer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Windows Internet Explorer
Ishlab chiqaruvchiMicrosoft
Eng so‘nggi versiyasi7.0.6000.16386 — 2006 18-oktabr
Operatsion sistemaMicrosoft Windows
Mac OS X (5.2.3 versiyasigacha, ishlab chiqarish toʻxtatilgan)
Mac OS (5.1 versiyasigacha, ishlab chiqarish toʻxtatilgan)
Solaris va HP-UX (5.0 versiyasigacha)
JanrVeb brauzer
LitsenziyaMicrosoft EULA
Vebsayt:www.microsoft.com/windows/ie

Windows Internet Explorer (sobiq Microsoft Internet Explorer, qisqartmasi IE yoki MSIE) Microsoft tomonidan yaratilgan grafik veb brauzeri boʻlib, 1995-yildan boshlab Microsoft Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilgandir. Internet Explorer 1999-yildan boshlab eng keng tarqalgan veb-brauzeridir; 2002 va 2003-yillarda 95% ishlatilish choʻqqisiga yetdi. Internet Explorer 7.0 brauzerning joriy versiyasi boʻlib, uni 2006 yil 18-oktabridan boshlab Microsoft saytidan olish mumkin. Internet Explorer 7.0 Windows Vista tarkibiga kiritilgan. Internet Explorer bepul, ammo uni oʻrnatish uchun mijoz Microsoft Windows yoki Windows NT oilasiga kiruvchi operatsion sistemani sotib olishi yoki uning qoniniy litsenziya egasi boʻlishi shart.[1]

Brauzerning Windows-versiyalari Trident motori asosida yaratilgan.

Internet Explorer Mac OS va Unix-kabi operatsion sistemalari ochun oxirgi versiyasi Internet Explorer 5.2.3 SP1 va Explorer 5.0 SP1 Beta mos ravishda edi. Hozirgi vaqatda bu sistemalar uchun Internet Explorer ishlab chiqarish toʻxtatilgan. Lekin hozirda Microsoft Windowsdan farqlanuvchi operatsion sistemalarda wine emulyatori yordamida Internet Explorerni ishlatish mumkin, biroq bunda ActiveX tehnologiyasini ishlatish ilojsiz boʻladi.[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IE versiyalarining tarqalishi (2008-yil, yanvar)[3]
Internet Explorer, hamma versiyalari 75.47 %
Internet Explorer 4 0.01 %
Internet Explorer 5.0 0.11 %
Internet Explorer 5.5 0.11 %
Internet Explorer 6 32.30 %
Internet Explorer 7 42.93 %

Internet Explorer 1.0 1995-yilning avgust oyida Spyglass, Inc Mosaic brauzeri asosida chiqarilgan. Internet Explorer 1.0 va 1995-yilning noyabr oyida chiqarilgan Internet Explorer 2.0 kabi, keng ommaga tarqalmadi.

Internet Explorer 3.0 1996-yilning 13-avgustida chiqdi va Mosaic kodiga asoslanmagan edi. Bu versiyasi CSS bilan ishlay olar, ActiveXga plaginlari va Javaga kengaytirishlarini oʻziga mujassam qilgan edi.

Internet Explorer 4.0 1995-yilning sentabr oyida chiqdi va operatsion sistema bilan yanada chuqur aloqaga ega boʻldi. 4.0 DHTML bilan ishlay olar, JavaScript shaxsiy kengaytishiga ega edi. Internet Explorer 4.0 Windows 98 tarkibiga kirgan edi. Internet Explorer 4.0 chiqishi bilan, brauzerlar urushi boshlangan deb hisoblanadi.

Internet Explorer 5.0 1996-yilning 18-martida chiqdi. Internet Explorer birinchi marotaba W3C DOM ayamiyatli qismlari bilan ishlay olardi va shuningdek CSS bilan yaxshiroq ishlay oldi. 5.5 versiyasi 2000-yilnig iyulida chiqdi. Explorer 5.5 Windows ME tarkibiga kirgan edi.

Internet Explorer 6.0 2001-yilning 27-avgustida, Windows XPning chiqishidan bir necha hafta oldin chiqdi. Bu versiyasida DHTML qoʻllanuvi takomillashtirildi.

Internet Explorer 7.0 2006-yilning 18-oktabrida va 26-oktabrda allaqachon 3 milion nusxasi tarqalgan[4].

Istiqbollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Microsoft Mix07 konferensiyasida Internet Explorer 8 haqida eʼlon qilishdi[5]. IE8 ommaga chiqish sanasi — 2008-yilning oxiri-2009-yilning boshidir[6].

Ishlaydigan operatsion sistemalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brauzer Yillar Brauzer dvijogi Windows IBM OS/2 Mac OS X (Intel/PPC) Mac OS 9 Mac OS 8 System 7 (PPC/68k) Unix (HP-UX, Solaris)
7 Vista 2003 XP 2000 98/Me NT 4.0 95 3.1
Chiqqan yillari OS 2009 2006 2003 2001 1999 1998/2000 1996 1995 1992 2001 2001 1999 1997 1991 (1990-yillar)
IE 10 Trident 6.0 Ha yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 9 2011 Trident 5.0 Ha Ha

(faqat SP2)

yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 8 2008 Trident 4.0 Tarkibiga kiritilgan Ha Ha

(faqat SP2)

Ha

(faqat SP2 va SP3)

yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 7 2006 Trident yoʻq Tarkibiga kiritilgan Ha Ha

(faqat SP2 va SP3)

yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 6 2001 Trident yoʻq yoʻq Tarkibiga kiritilgan Tarkibiga kiritilgan (SP1, SP2 va SP3)* Ha

(6.0 SP1)

Tarkibidan olib tashlangan (6.0 SP1) Tarkibidan olib tashlangan (6.0 SP1) yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 5.5 2000 Trident yoʻq yoʻq yoʻq Ha Tarkibiga kiritilgan (5.01) Tarkibiga kiritilgan (4.01/5.5 SP2) Ha Tarkibiga kiritilgan** yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
IE 5 1999 Trident
Win
Tasman
Mac
yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq Tarkibiga kiritilgan (5.01) Tarkibiga kiritilgan (4.01/5.5 SP2) Ha Tarkibiga kiritilgan** Ha yoʻq Tarkibidan olib tashlangan (5.2.3) Tarkibiga kiritilgan Tarkibidan olib tashlangan (5.1.7) Tarkibiga kiritilgan Tarkibidan olib tashlangan (5.1.7) Tarkibidan olib tashlangan (5.01 SP1)
IE 4 1997 Trident
IE 3 1996 Nomaʼlum yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq Ha Tarkibiga kiritilgan Tarkibiga kiritilgan** Ha Windows 3.1 versiyasi uchun yoʻq Ha Tarkibiga kiritilgan Ha Ha
IE 2 1995 Nomaʼlum yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq Tarkibiga kiritilgan (2.0) Tarkibiga kiritilgan** Ha Windows 3.1 versiyasi uchun yoʻq nomaʼlum nomaʼlum Beta (2.0) yoʻq
IE 1 1995 Spyglass yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq Ha Ha Ha Windows 3.1 versiyasi uchun yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq

[7][8].

* Internet Explorer 6 SP2 Windows XP SP2 boʻlagi sifatida mavjud.
** Internet Explorerning bu versiyasi Windows 95 tarkibiga kirgan; 2.0 versiyasi OSR1 tarkibiga kiritilgan, 3.0 versiyasi OSR2 tarkibiga kiritilgan va 4.0 versiyasi OSR2.5 tarkibiga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „IEs4Linux: Legal Notices“ (en). Qaraldi: 2007-yil 8-dekabr.
  2. Internet Explorer uchun foydali kengaytmalar
  3. „Browser Market Share“ (2007-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 2-dekabr.
  4. http://winfuture.de/news,28129.html
  5. http://www.egovernment.ru/newstext.php?news_id=29856
  6. arxiv nusxasi, 2008-01-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-15
  7. „Internet Explorer for Macintosh or Windows 3.1“. Qaraldi: 2007-yil 1-mart.
  8. „Download Netscape 4.7x & 4.8“. Qaraldi: 2007-yil 1-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]