Industrial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Industrial
Uslubiy ildizlari: Musique concrete, Fluxus harakati, Elektronik musiqa, Noise
Madaniy ildizlari: Erta 1970-lar, London, Sheffild, Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Vankuver, Klivlend, Chikago
Xos cholgʻu asboblari: Sintezator - Baraban mashinasi - Tasma - Barabanlar - Gitara - Topilmalar - Elektronika - Sampler
Mashhurligi: Shinavandalar uchun
Yaqin janrlar: Techno - IDM - Trance - Synth pop - Futurepop - Glitch
Fusion janrlar
EBM - Industrial metal - Industrial rock - Cybergore
Aloqador mavzular
Mashhur artistlar - Noisechilar ro'yxati - Elektronik musiqa janrlari ro'yxati


Industrial musiqa (sanoat musiqasi) - qator elektronik va tajribaviy musiqa janrlari yig'indisini belgilovchi atama. Ilk bor 1970 yillar o'rtalarida o'sha payt uchun g'ayriodatiy bo'lmish Idustrial Records musiqalari shunday nomlana boshlandi. Bu so'z avangard musiqadan (Throbbing Gristle, Einstürzende Neubauten, Coil va Laibach kabilar) tortib noise loyihalar (Merzbow yoki Whitehouse), EMB (DAF, Front 242, Skinny Puppy, Front Line Assembly va Nitzer Ebb), Industrial rock (KMFDM, Nine Inch Nails), industrial metalgacha (Ministry yoki Godflesh) yoki hatto William S. Burroughs va J.G. Ballard kabi yozuvchilarni ta'riflashda ham ishlatiladi.

Atama bu musiqa yangi avlod odamlari uchun yaratilganini, avvalgi musiqa esa ko'proq "qishloqi" ekanligini urg'ulash maqsadida kiritilgandi. Xususan, u bu musiqa tayyorlanishi jarayonini anglatish uchun xizmat qilgan bo'lishi ham mumkin, biroq hozirda ko'pchilik bu so'zni og'ir mashinasozlik sanoati va insonning ichki olami orasidagi estetik munosabatlarning ko'rinishi, deb tushunadi. Bu mavzuda Peter Christopherson (Industrial Records) "Industrial Records'ning o'sib kelayotgan musiqa sanoatini rad etish haqidagi g'oyasidan maqsad sizga musiqaning nima uchun mo'ljallangan ekanligini aytish edi", degan.

Tarix[tahrir]

Dastlabki alomatlar[tahrir]

Luigi Russolo'ning 1913 yilgi Shovqinlar san'ati asari zamonaviy musiqa industrial falsafasining ilk namunasi, deya e'tirof etiladi. Russolo'ning musica futurista'sidan so'ng Pierre Schaeffer va musique concrète keldi, va bu tovush yozilgan tasmalarning qirqimlari bilan manipulyaciya qiluvchi hamda dastlabki analog elektronik qurilmalar yordamida tovush hosil qilib qo'shuvchi ibtidoiy industrial musiqa paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.

Janr rivojlanishidagi yana bir muhim harakatlar Dadaizm va Fluxus edi. Masalan, Erik Satie'ning Sons industriels ("Sanoat tovushlari", 1920) asari ta'siri.

Edgard Varèse ham elektronik musiqada kashshoflardan bo'lgan. Masalan, uning Poème électronique asari 1958 Brussel Jahon Yarmarkasidagi Philips pavilyonida namoyish etilgan.