In-Grid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
In-Grid
Ingrid Alberini
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 11-sentyabr 1978-yil (1978-09-11) (45 yosh)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Kasbi qoʻshiqchi, kompozitor
Leybl RDS Records, XYZ Records
Janr pop musiqa
Faoliyat yillari 1996-yildan hozirgacha
Veb-sayt in-gridofficial.com

Ingrid Alberini (italyancha: Ingrid Alberini; 1978-yil 11-sentyabr, Guastalla, Emilia-Romagna)— italiyalik qoʻshiqchi, kompozitor, aranjirovkachi. In-Grid taxallusi bilan ijod qiladi. Faoliyati davomida Yevropa va Markaziy Osiyoda xalqaro muvaffaqiyatlarga erishgan[1][2][3][4][5]. Varnada boʻladigan Discovery xalqaro musiqa festivali ishtirokchisi[6]. 2003-yildagi „ZD Awardsxit-paradi natijalariga koʻra, Rossiya va MDHdagi eng mashhur xorijiy qoʻshiqchilar roʻyxatida Madonna va Robbie Williamsdan keyin 3-oʻrinni egallagan[7].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi va ijod yoʻlining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ingrid Alberini Italiyaning shimolida tugʻilgan. Ota-onasi uning ismini otasining sevimli aktrisasi boʻlgan shved kino aktrisasi Ingrid Bergman sharafiga qoʻyishgan. Ota-onasi Emilia-Romagna viloyatida joylashgan, Parma yaqinidagi klassik va zamonaviy italyan musiqasining beshigi hisoblangan Guastalla shahridagi kinoteatrga egalik qilishgan[8].

In-Grid bolaligida koʻplab filmlarni tomosha qilgan, uning fikricha, bu esa uning qoʻshiqchi boʻlishida sababchi boʻlgan muhim omil edi. Qoʻshiqchi rassomlik, aktyorlik va qoʻshiq aytish bilan shugʻullanadi va tez orada musiqa oʻzini namoyon qilishning eng kuchli shakli ekanligini anglaydi. In-Grid bolaligidanoq shon-shuhratga oʻrganib qolgan boʻlib, maktab yillarida gitara chalib, tez-tez muxlislariga dastxatlar berard. In-Grid vatanida oʻn yildan ziyodroq qoʻshiq kuylagan. Sahna oldida noyob ovozi bilan kuylashi koʻplab musiqa prodyuserlarining eʼtiborini tortadi[8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda In-Grid Sanremo musiqa festivalining mintaqaviy tanlovida gʻolib chiqadi. Tanlovda gʻolib chiqqanidan keyin xonanda turli tadbirlar va uchrashuvlarga (Monte-Karloda Ferrari uchuvchilari uchun, Tokioda Discografica Avex firmasiga) mehmon sifatida taklif qilina boshlanadi. Musiqa prodyuserlari Larry Pignagnoli va Marco Soncini qoʻshiqchiga hamkorlikda ishlashni taklif qilishadi. In-Grid Yevropa va Rossiyadagi koʻplab chartlarda yuqori pogʻonalarini egallagan Tu Es Foutu singlini yozgan[9]. Xonandaning Rendéz-Vous debyut albomi ham xuddi shunday muvaffaqiyat qozongan, albomdan In-Tango, Shock va Ah l’amour l’amour kabi qoʻshiqlar joy olgandi. Albom koʻplab musiqa sertifikatlariga, shu jumladan Rossiyada beshta platinali disk sertifikatiga ega[10]. Tu Es Foutu qoʻshigʻi Avstraliya, Meksika, Chexiya, Gretsiya, Ruminiya va Rossiyada oltin sertifikatlarga, Meksika, Polsha va Ukrainada platina sertifikatiga ega boʻlgan[11]. Ingrid uchta raqs albomi, ikkita chill-out albomi va turli singllarni, shuningdek, boshqa qoʻshiqichilar bilan birgalikda bir qator qo'shma loyihalarni chiqargan[11].

2009-yilda qoʻshiqchi Yurmaladagi Dzintari konsert zalida boʻlib oʻtgan „New wave“ tanlovida maxsus mehmon sifatida ishtirok etadi. In-Griddan tashqari, Roxett, Alla Pugachova, Eros Ramazzotti, Lisa Stansfield, Dmitriy Xvorostovskiy, Laima Vaykule va boshqalar ham tanlovning muhim mehmonlari boʻlishgan. Qoʻshiqchi tanlovda hakamlar hay’ati aʼzosi ham boʻlgan[12][13]. Yana oʻsha yili Sopot festivalida ham ishtirok etadi[14].

2012-yilda qoʻshiqchi Edita Pyehaning „Nash sosed“ shlyagerining kaver versiyasi boʻlgan "La Trompette" trekini chiqaradi. Singl ikki: DJ Gary Caos va DJ Riko Bernasconi versiyalarida chiqqan[15].

2014-yilda „Beliye nochi Sankt-Peterburga“ („Sankt-Peterburgning oq tunlari“) xalqaro musiqa festivalida ishtirok etgan[16].

2018-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan „Jara“ xalqaro musiqa festivalida ishtirok etadi[17].

2019-yilda Vitebskdagi „Slavyan bozori“ festivalining mehmoni boʻlgan[18][19].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonanda PhD ilmiy darajasiga ega va italyan, fransuz, ingliz, nemis va rus tillarini biladi[20][21].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rendéz-Vous (2003)
  • La Vie En Rose (2004)
  • Voila! (2005)
  • Passion (2009)
  • Lounge Musique (2010)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „In-Grid“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. „Вышел клип на оптимистичную песню Ин-Грид Be Italian“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  3. „С кем встречается Ин-Грид“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  4. „Интервью с певицей Ин-Грид“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  5. „Певица In-Grid: "Бешбармак буду есть только руками"“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  6. IN-GRID "Discovery Festival" Varna - Bulgaria YouTubeda
  7. „Итоги-2003: Чё бы не попеть, если фигура хорошая?“ (ru). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  8. 8,0 8,1 „In-Grid, итальянская певица, композитор, аранжировщик: «Итальянцы не знают меня в лицо»“ (ru). 74.ru (2013-yil 18-mart). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  9. „"Рекордъ-2003" получили "Любэ", "Блестящие" и Sony Music“. InterMedia (6 ноября 2003). 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
  10. „About In-Grid — Gold Disc/Platinum Disc“ (it). in-grid.it. 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  11. 11,0 11,1 Arena, James. Stars of 21st Century Dance Pop and EDM: 33 DJs, Producers and Singers Discuss Their Careers (en). McFarland, 2017-05-19. ISBN 978-1-4766-7022-5. 
  12. „Крутой уверен в высоком уровне "Новой волны" даже в период кризиса“. 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  13. „ИнГрид в Юрмале чувствует себя как дома“. 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  14. In-Grid - Le Dragueur (Live @ Sopot Hit Festival_ Poland 2009) YouTubeda
  15. „Песню Эдиты Пьехи спела In-Grid“ (ru). NEWSmuz.com (2011-yil 9-dekabr). 2013-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  16. „Певица In-Grid и группа Duran Duran присоединились к фестивалю "Белые ночи Петербурга"“ (ru). 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  17. „Певица In-Grid прилетела в Баку – фото, видео“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  18. „"Славянский базар в Витебске" закрывается, но концерты продолжаются“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  19. „Завершился «Славянский базар». Вспоминаем лучшие моменты фестиваля в Витебске“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  20. „Как создавался главный хит 2003 года Tu Es Foutu от In-Grid“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  21. „Популярная певица Ингрид: краткая биография“ (ru). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.