Kontent qismiga oʻtish

Imron ibn Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imron ibn Husayn ibn Abd ibn Xalaf Xuzoiy al-Basriy, kunyalari Abu Najd. Hijratning 7-yili, Xaybar jangi yilida Islomni qabul qilgan. Muhammad bilan birga bir nechta jangda ishtirok etgan, Makka fath etilgan kuni Xuzoʼa ismli sahoba bilan birga bayroq koʻtargan. Umar ibn Xattob xalifalik davrlarida Basra ahliga din ilmlarini oʻrgatish uchun yuborilgan, Ali bilan Muoviya oʻrtalaridagi Siffin jangida ishtirok etmagan, yaʼni bu koʻngilsiz ishga qoʻshilmagan ulamo sahobalardan edilar. Hasan Basriy „Basra shahrida Imron ibn Husoyndan koʻra fazilatli sahobani koʻrmadim“, deganlar. U zot taqvodor, zohid, rostgoʻy, Allohning ishqida koʻp yigʻlovchi sahobalardan edilar. Imron ibn Husoyn Muhammaddan 180ta hadis rivoyat qilganlar. U kishidan Abu Rajo Attoriy, Matrof ibn Abdulloh, Ziror ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Burayda, Ibn Sirin, Abu Asvad Dualiy va boshqa tobeʼiynlar rivoyat qilishdi. Bu zot hijratning 52-yili Basra shahrida vafot etdilar.[1]