Ilhom Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilhom Ochilovich Usmonov
Tavalludi 1955-yil
Jomboy tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis quruvchi
Sohasi arxitektura
Taʼlimi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Ilhom Ochilovich Usmonov (1955-yil, Jomboy tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi (1988), professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilhom Usmonov 1955-yil Jomboy tumanida tugʻilgan[1]. 1977-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1977—1981-yillarda „Samzagotxlopkoprom“ birlashmasi muhandisi, bosh muhandisi, 1981—1982-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti eksperimental loyiha tashkiloti muhandisi, 1982—2000-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti „Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish“ kafedrasi assistenti, dotsenti, 2000—2001-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Menejment va axborotlar texnologiyasi“ kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, 2001—2016-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik lisey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, Menejment“ kafedrasi dotsenti, 2016—2022-yillarda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining „Qurilishda menejment“ (hozirda „Qurilish iqtisodiyoti va menejment“) kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan, 2022-yildan shu kafedraning professori vazifasini bajaruvchi[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilhom Usmonov 1988-yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE