Ilgarilanma harakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilgarilanma harakat - qattiq jismning eng sodda harakati; bunda jism sirtidan oʻtkazilgan istalgan toʻgʻri chiziq shu jismning harakati vaqtida oʻziga oʻzi parallel harakatlanadi. Boshqacha aytganda I. h. — qattiq jismning hamma nuqtalari bir xil trayektoriya chizib harakatlanishi. I. h. qilayotgan qattiq jismning hamma nuqtalari oʻzaro parallel trayektoriyalar chizadi, har bir nuqtasi tezlik va tezlanish, yoʻnalish va miqdor jihatdan har doim bir-day boʻladi. Shuning uchun I. h. qilayotgan qattiq jismdagi hamma nuqtalarning harakatini tekshirib oʻtirmasdan biror nuqtasining harakatini tekshirish kifoya. Demak, qattiq jismning I. h. kinematikasi nuqta kinemati-kasidan farq qilmaydi (qarang Kinematika).

Yoʻlning toʻgʻri chizikli qismidagi harakat, mas, teplovoz shatuni, gʻildirak oʻqlari, porshenlar va b. harakati I. h. dir. Mas, mexanizmning AV va CD krivoshiplari aylanganda VS sterjen I. h. qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil