Ijor muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ijor muzeyi
ijorcha: Ižorin muuzeja
Asos solingan sanasi 1990-yil 1-aprel
Ochilgan sanasi 1993-yil 1-oktyabr
Joylashuvi Ruchyi
Manzili Sentralnaya koʻchasi 80-uy
Yillik tashrif buyuruvchilar 1500
Sayti izhora-museum.ru
Ijor muzeyi

Ijor muzeyi (Ijor madaniyati muzeyi; ijorcha: Ižorin muuzeja, ruscha: Ижорский музей) — Rossiyaning Leningrad viloyati Kingisepp tumani Vistinsk qishloq punktiga qarashli Ruchyi qishlogʻida joylashgan muzey. Ushbu muzey Rossiyadagi kam sonli xalqlardan hisoblangan ijorlar tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan. Muzey qoshida ijor madaniyat markazi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, istovchilar u yerda xalq hunarlari yoki ijor tilini oʻrganishlari mumkin.

Muzey kolleksiyasi 1990-yilda toʻplana boshlangan, 1993-yilda Ruchyi qishlogʻidagi sobiq boshlangʻich maktab binosida namoyishga qoʻyilgan. Muzey eksponatlari soni asosan atrofdagi qoshloqlar aholisi qiladigan sovgʻa va xayriyalar hisobiga doimiy toʻldirib boriladi. Muzeyda maishiy buyumlardan tashqari arxeologik ekspozitsiya va ijorlar tarixini yaxshiroq tushunishga yordam beruvchi XX asr boshlarida olingan suratlarning asl nusxasi koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijorlar tarixi va madaniyatiga oid muzey ekspozitsiyasiga 1990-yil 1-aprelda asos solingan[1]. Ushbu ekspozitsiya asosida 1993-yil 1-oktyabrda „Baltika“ baliqchilik kolxozi yordami bilan Ruchyi qishlogʻidagi sobiq boshlangʻich maktab binosida muzey tashkil qilingan[2]. Avvaliga muzey ancha kichik boʻlib, kolxoz muzeyi maqomida turgan, ekspozitsiyasi ham uncha katta boʻlmagan. Bir necha yildan soʻng u etnografik muzey maqomini olgan, muzey kolleksiyasi ham atrof qishloqlarda yashovchi ijorlar tomonidan sovgʻa qilingan buyumlar hisobiga koʻpaya borgan[3].

2014-yil muzeyda ijor anʼanaviy kulolchilik hunarini oʻrganish va qayta tiklash boʻyisha izlanishlar boshlangan[4], shu maqsadda muzey qoshida „Soyka“ nomli kulolchilik markazi ochilgan[5]. 2015-yilda muzey xodimlari jamoasi toʻliq yangilangan. 2019-yilda „Nord Stream“ kompaniyasi muzeyni yangilash ishlari uchun moliyaviy yordam taklif qilgan[4][5]. Oʻsha yilning boshida asosiy yoʻnalishi aynan kulolchilikka bagʻishlanishi rejalangan[4] boʻlajak ijor tili va hunarmandchiligi markazining tamal toshi qoʻyilgan[3].

Markaz 2019-yilning iyulidan dekabrigacha qurib bitkazilgan va 2020-yil 13-martda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko ishtirokida ochilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ижорский музей“ (ru). Финно-угорский культурный центр Российской Федерации. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  2. Чистяков А. Ю. „Ижорский народный музей“ (ru). Энциклопедия культуры Ленинградской области. 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Ижорский этнографический музей в Вистино“ (ru). Ленинградская область для жителей и туристов. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 Лысанюк Ю. Центр ижорской культуры в Вистино: от варежек до гончарного промысла // Гатчинская правда : газета. — 2022. — 14 апреля (Andoza:Бсокр). Архивировано 13 yanvar 2023 года.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Губернатор Ленинградской области принял участие в открытии Центра ижорского языка и мастерства“ (ru). НИАР. Вистино: Информационный портал Кингисеппского района (2020-yil 13-mart). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.