Husam ota majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Husam ota majmuasi - Kashqadaryodagi meʼmoriy yodgorlik (11 — 19-asrlar); Koson tumanidagi Pudina qishlogʻida. Majmua maqbara, masjid, ziyoratxona, tahoratxona, 3 darvozaxona, katta-kichik bir necha maqbaradan iborat (umumiy tarhi 60x60 m). Maj-mua markazida Husam ota maqbarasi (11 —12-asrlar, bir necha marta qayta tiklangan), ziyoratxona (6,5x6,5 m) va 2 kichik daxma (bu daxmalarda Husam otaning oʻgʻillari dafn etilgan), uning shimoliy tomonida 9 gumbazli mas-jid joylashgan (16—17-asrlar, 20-asr boshida taʼmirlangan). Masjid yonidagi tor yoʻlak orqali majmuaning eng qad. binosi — Ishoq ota maqbarasi (5,5x6 m)ga oʻtiladi (11-asr); maqbara peshtoq-gumbaz-li, burchaklariga guldastalar ishlangan. Ishoq ota maq-barasining bir tomonida 1 xonali daxma (rivoyatlarga koʻra Ishoq otaning qizi dafn etilgan, 12-asr), boshqa tomonida Mansur Muhammad degan kimsaning 2 xonali maqbarasi joylashgan. Hovli oʻrtasida hovuz boʻlib, atrofi koʻkalamzorlashtirilgan. Ikkala guruh binolar asimmet-rik boʻlib yagona koʻp gumbazli, tor hovlili mujassamotni tashkil k,ilgan. 19—20-asr boshlarida qad. poydevor ustiga ustunli ayvon, gumbazli masjid qurilgan.