Hosil bayrami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chexiyada hosil bayrami. Rassom Carl Huth, 1867.

Hosil bayrami - qishloq xoʻjaligi xodimlarining anʼanaviy bayrami (Oʻzbekistonda 1972-yilgacha "Paxta bayrami" deb atalgan). Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi. Koʻpgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili yigʻim-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari koʻrgazmalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi; badiiy va sport oʻyinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar oʻtkaziladi. Mehnat ilgʻorlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida qishloq xoʻjaligi xodimlari bilan birga shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi.