Hazrat Sayyid Amir Umar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Hazrat Sayyid Amir Umar

Tavalludi

Vafoti

1400-yil

Falsafa maktabi


Hazrat Sayyid Amir Umar (?—1400) — alloma va muhaddis. Bu kishi Hazrat Amir Kulolning to‘rtinchi farzandlari bo‘lib, saboqni Hazrat Mavlono Jamoliddin Dehaosiyodan olgan. U doimo amri maʼruf va nahyi munkarga rioya etar va sohibkaromat valiyulloh, g‘ayratli va jasur edi. Said Amir Umar haqida „Rashahot“da, „Samariya“ kitobida va boshqa manbalarda maʼlumotlar uchraydi[1]. Abu Tohirxojaning „Samariya“ kitoblarida yozilishicha Amir Temur dahmasining gumbazi ichida Sayid Amir Umar qabri joylashgan. Hazrat Sayid Amir Umar 1400-yil vafot etgan. Said Amir Umar Temur zamonasida Samarqandda muhtasiblik mansabida faoliyat olib borgan. „Maqomati Mir Kulol“da keltirilishicha, Amir Temur Buxoroga kelib, Hazrat Sayid Mir Kuloldan duo olgan so‘ng ishlarida rivoj bo‘ladi. Amir Temur hazrati pirni o‘z huzurlariga chorlaydi. Sayid Amir Kulol o‘g‘li Amir Umarni Amir Temur huzuriga jo‘natadi va Amir Umarga quyidagi nasihatlarni aytadi: „Ey, farzand, Amir Temurga ayting, agar Alloh taolo dargohidan umidvor bo‘lsangiz taqvo va adlni ro‘zg‘oringiz shiori aylangiz. Ogoh bo‘ling, Ey, farzand, Amir Temur sizga ko‘p narzi niyoz bermoqchi bo‘ladilar. Zinhor qabul etmang. Mabodo olsangiz, so‘ng qaytib huzurimga kelmang! Narzu niyoz olmoq bobolarimiz ravishlariga ziddur. Zero darveshlar mudom mo‘'minlar duosi ila mashg‘ul bo‘lishlari kerak. Agar molu davlatga mayl ko‘rsatsalar, alar duolari hijob ichra qolur, ijobat bo‘lmas!“. Amir Temur Sayid Amir Umarga deydilarki „Hazrat Mir Kulolni xursand etmoq uchun biz Buxoro viloyatining boju xirojini u zotga sovg‘a qildik!“ Lekin Sayid Amir Umar buni qabul qilmaydi va otasi aytgan nasihatni Temurga yetkazadi. Amir Temur deydilarki: „Hazrat pirga ne sovg‘a etsak, toki u kishiga munosib bo‘lsin va bizni u zoti boborakotga yaqin etsin?“ Amir Umar deydilar: „Padari buzrugvorim dedilarki, Amir Temur ahlullox dilidan joy olmoqni istasalar, taqvo va adlni shiorlariga aylantirsinlar. Mana shu yo‘l u kishini Alloh taologa yaqin etadi![2].“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.