Hajmiy analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hajmiy analiz — aniklanayotgan modda konsentratsiyasi (miqdori)ni uning hajmiga qarab aniqlashga asoslangan miqdoriy analiz usullari majmui. Lab. amaliyotida qoʻllanadigan titrimetrik analiz (vazniy byuretkalardan foydalaniladigan usuldan tashqa-ri) ham Hajmiy analizga kiradi. Hajmiy analizga, shuningdek, gaz analizining koʻpgina usullarini kiritish mumkin. Choʻkma hajmini oʻlchashga asoslangan Hajmiy analiz metodi ham bor, mas, choʻyandagi oltin-gugurt miqdorini graduslarga boʻlingan sentrifugaviy probirkada hosil boʻlgan bariy sulfat hajmiga qarab aniqlash mumkin. Ult ramikrokimyoviy analizda hosil boʻlgan choʻkma (tor-tib koʻrish qiyin yoki iloji boʻlmagan juda kichik miqdordagi modda) haj-miga qarab aniqlanadi.