Gus Yan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GUS (Hus) Yan (1371—1415) — chex xalqining milliy qahramoni, chex Reformatsiyasining goyaviy rahbari. Praga (Karlova) universitetining rektori (1402—03, 1409—10 yillarda). Nemislar istibdodi va katolik cherkoviga qarshi xalq harakatining ilhomchisi. Indulgensiya (Rim papasi tomonidan gunohdan kechish evaziga pulga sotib olinadigan xat) bilan savdo qilishni qoralagan, ilk xristian aqidalariga qaytishni, ruhoniylar bilan dunyoviy kishilarning huquqlari tenglashtirilishini talab qilgan. Konstansa cherkov sobori hukmiga binoan oʻtda kuydirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil