Gulnora Ernazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulnora Oblaqulovna Ernazarova
Tavalludi 8-yanvar 1967-yil (1967-01-08) (57 yosh)
Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Gulnora Oblaqulovna Ernazarova (1967-yil 8-yanvar, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulnora Ernazarova 1967-yil 8-yanvar Paxtachi tumanida tugʻilgan[1]. 1989-yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari instituti energetika va avtomatika fakultetini bitirgan. 1989—1999-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti „Energetika“ kafedrasi assistenti, 1999—2005-yillarda Muborak sanoat kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi, boʻlim mudiri, 2005—2009-yillarda Toshkent moliya instituti „Informatika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2009—2012-yillarda Paxtachi xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji direktori, 2012—2017-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti „Ijtimoiy-gumanitar fanlar“ kafedrasi dotsenti, 2017—2019-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali „Boshlangʻich taʼlim va aniq fanlar“ kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2019-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulnora Ernazarova 2009-yil „Kasb — hunar kollejlarida umumkasbiy fanlarni oʻqitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning uslubiy asoslari („Elektrotexnika“ fani misolida)“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan diplomi berilgan. 180 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan 4 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE