Gujon Jan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GUJON (Goujon) Jan (taxminan 1510— 1564/68, Bolonye) — fransuz haykaltaroshi, Uygʻonish davrining yirik vakili. Ruan (1540—41), Parij (1543— 44)da ishlagan. G. haykallari bezakdorligi va shakllarning mutanosibligi bilan ajralib turadi. Linyeri mehmonxonasi (hoz. Karnaval muzeyi, taxminan 1545), Luvr (1550-yillar)ning haykaltaroshlik bezaklarini yaratgan. Kariatidalar zali (Luvr)dagi ayol haykallari, Sen-Jermen l’Okserrua cherkovi boʻrtma tasvirlari (1544, Luvr) va J. Gujon. "Nimfalar". Parijlash "yegunohlar favvorasi" relyefi (marmar, 1547—49, Luvr). "Begunohlar favvorasi" (1547—49, Parij) va b. yaratdi. Grafik rassom sifatida Vitruviy risolasini bezagan (yogʻoch gravyura, 1547).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil