Gruzin yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gruzin alifbosidan yoʻnaltirildi)

Gruzin yozuvigruzin tilidagi mustaqil yozuv tizimi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, gruzin yozuvi sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxminan miloddan avvalgi 3-asrda yuzaga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan. Masalan, yozuv yoʻnalishi, alifbodagi tartibi oʻzgargan, baʼzi unlilar ham oʻzlashtirilgan.

Gruzin yozuvining rivojlanish jarayonida bir-biridan keskin farqlanadigan 3 shakli paydo boʻlgan: 1) sarlavhalarda uchraydigan (mtavruli) shakli; 2) satriy yozuv (nusxuru) va 3) aslzodalar yozuvi (xutsuri). Uchinchisi avvalgi ikki turidan keskin farq qilgan. Bu yozuv asosan cherkovlarda, shuningdek, harbiy sohada, aslzodalarning yozishmalarida qoʻllangan. Yangi gruzin yozuvi kitob nashri boshlanishi tufayli yuzaga kelgan (1709-yil). Hozirda gruzin yozuvi qatʼiy fonologik tartibga asoslangan (har bir fonema maʼlum grafemaga toʻgʻri keladi), 33 belgidan iborat alifbo — 5 unli, 28 undoshga ega. Bosma matnlarda, odatda, bosh harf boʻlmaydi.

Koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 xil gruzin yozuvi: Asomtavruli, Nusxuri, va Mxedruli.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruzin yozuvlari gruzin tilida yozish uchun ishlatiladigan uchta yozuv tizimidan iborat. Bular: Asomtavruli, Nusxuri va Mxedruli. Tizimlar tashqi koʻrinishidan farq qilsa-da, ularning harflari bir xil nomlar va alifbo tartibida boʻlib, chapdan oʻngga gorizontal ravishda yoziladi. Uchta skriptdan bir vaqtlar Gruziya Qirolligining fuqarolik qirol yozuvi boʻlgan va asosan qirollik nizomlari uchun foydalanilgan Mxedruli uslubi hozirda zamonaviy gruzin va unga aloqador kartvel tillari uchun standart skript hisoblanadi. Asomtavruli va Nusxuri esa faqat gruzin pravoslavlari tomonidan qoʻllaniladi. Shuningdek, cherkov, tantanali diniy marosim matnlarda va ikonografiyada ham foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Unicode Standard, V. 6.3. U10A0, p. 3

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 (105 KB)

 (105 KB)