Grigulis Arvids

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GRIGULIS (Grigulis) Arvids (1906 — Ladskaya — 1989) — Latviya xalq yozuvchisi (1976). Latviya Fanlar akademiyasi akademik (1978). "Sharxlovchining xotiralari" (1929), "Tanqid va qalb" (1931), "Boʻronga" (1946) va "Nastarin shoxchasi" (1959) kabi sheʼriy toʻplamlari, "Qaysi bandargoh?" (1945), "Garpeterax tarixi haqida" (1946), "Loy va chinni" (1947), "Soldat shineli" (1955), "Boltiq dengizi hayqirmoqda" (1957) va b. pyesa hamda dramalari bor. G. "Yomgʻir va shamol derazani qoqqanda" (1965), "Shoira Kamilla maktubi" (1981) romanlari muallifi. "Latish adabiy tanqidi" (1 — 5 j., 1956 — 64) toʻplamlarini tuzgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil