Granulyoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granulyoma (lot. granulum— donacha va ota — oʻsma) — odam va hayvonlarda biriktiruvchi toʻqimaning yalligʻlanishi oqibatida yuzaga keladigan oʻsmasimon tuzilma. Infeksion G. — virusli, infeksion allergik (sil, zaxm, tulyaremiya, ich terlama, revmatizm, revmatoid artrit) tufayli; noinfeksion G. toʻqimalarga yot jismlar tushishi yoki uzoq vaqt mexanik taʼsirlanishi va b. tufayli hosil boʻladi. G.ni keltirib chiqargan sababiga qarab, uning hujayra tarkibi oʻzgarib turadi. Tananing turli qismida uchrashi mumkin. Davo asosan G.ga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat, bu yordam bermasa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil