Gormonal regulyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gormonal regulyatsiya - odam va umurtqali hayvonlar hayot faoliyatining gormonlar orqali boshqarilishi. Ichki sekresiya bezlari ajratgan gormonlar qonga oʻtib, organizmda oqsil, yogʻ, uglevod, suv va mineral tuzlar almashinuvining bir maromda kechishini taʼminlaydi (mas, insulin uglevodlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi). Gormonlar ishlab chiqarilishi va ajralishini nerv sistemasi boshqaradi. G.r. gumoral regulyatsiya bilan oʻzaro bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi. Gormonlarning fermentlar sintezida ishtirok etishi, shuningdek, genlarning faollashtirish xususiyatlari aniqlangan. G.r. mexanizmlari orasida ayniqsa gormonlarning oqsillar biosinteziga taʼsiri oʻrganilgan boʻlib, ular asosida oʻsish, rivojlanish, toʻqimalar differensiatsiyalanishi, tuxum hujayra follikulalarining yetilishi kabi hayotiy muhim jarayonlar yotadi. Organizmda G.r.ning izdan chiqishi endokrin kasalliklar (kandli diabet, tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenkoqushing kasalligi va b.) va ayrim b. kasalliklar (yurak-tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar, allergik va ginekologik xastaliklar va b.)ning kelib chiqishiga olib keladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil