Garmiyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Garmiyon — mayiz turi. Gʻujumi yirik va urugʻli Kattaqoʻrgʻon, Nimrang, Sultoniy kabi uzum navlaridan tayyorlanadi. Uzum boshi savatga solinib, 0,3—0,4% li qaynoq ishqorli eritmaga 3—5 min. botirib olinadi va oftobda quritiladi. G. rangdor boʻlsin uchun uzum ishqorga (kaustik soda eritmasi) botirilgandan soʻng oltingugurt bilan dudlanadi va quritish maydonchasiga yoyiladi (qarangDudlash). Quritish 4— 12 kun davom etadi. 26—30% mayiz tushadi. G. yirik, xushxoʻr, sershira (qarang Mayiz solish).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil