Galakturon kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galakturon kislota - bir asosli organik kislota; galaktozadat 6-uglerod atomining oksidlanishidan hosil boʻladi, oʻsimliklardagi pektin (yelim) moddalari tarkibiga kiradi; saponinlarda, baʼzi mikroblarning oʻziga xos polisaharidlarida, xantal va zigʻir urugʻlarining shilimshigʻida ham bor. Karboksilaza fermentining taʼsirida oʻsimliklarda L-arabinozaga aylanadi. Mol. m. 194,14. Kristall holda boʻlib, suvda, ishqorlarda va karbonat, bikarbonat eritmalarida yaxshi, uglevodorodlar va b. organik eritmalarda oz eriydi, metallar va organik moddalar bilan tuz hosil qiladi. G.k. koʻpgina fiziologik faol moddalar tarkibiga kiradi, uning glyukozidlari tuproq tarkibida koʻp uchraydi. Ilmiy maqsadlar uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil