Gaiti (orol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaiti, Aiti — Vest-Indiyayaati Katta Antil o.lari guruhidagi orol. Shim.da Atlantika okeani, jan.da Karib dengizi bilan chegaradosh. Kuba o.dan Shamolli boʻgʻoz, Puerto-Riko o.dan Mona boʻgʻozi orqali ajralib turadi. Maydoni yon atrofdagi mayda orollar bilan birga 77,2 ming km2. Aholisi 14,5 mln.dan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari), asosan negr va mulatlar. G. vulkanik va mezokaynozoyning choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Relyef shakllarida togʻ tizmalari tektonik botiklar bilan almashinib turadi. Iklimi tropik passat iklim. Tekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 23—29°, yon bagʻirlarda yillik yogʻin 2000 mm, ichki vodiylarda esa 1300 mm, kuzda tez-tez dovullar boʻlib turadi. Orolni gʻarbdan sharqqa toʻrtta togʻ tizmasi kesib oʻtgan. Markaziy Kordilyera togʻ-laridagi Duarte choʻqqisi (3175 m) Vest-Indiyaning eng baland nuqtasidir. Aholi asosan tekisliklarda yashaydi. Qazilmalardan boksit, oltin bor. G.da zilzila boʻlib turadi. Shim.-sharqi va jan.da doim yashil tropik oʻrmonlar, togʻ orasidagi tekisliklarda savanna va kserofit oʻsimlikli siyrak oʻrmonlar bor. Orolni 1492 y.da X. Kolumb kashf etgan va uni Espanola deb atagan. G. da Gaiti va Dominikana Respublikasi joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil