G'oyaviy zaiflik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GʻOYAVIY SAVODSIZLIK - mafkuraviy jihatdan yetarli bilim, malaka, koʻnikmaga ega boʻlmagan insonlarga xos boʻlgan xususiyat. Falsafaning asosini mustaqil fikrga, sobit eʼtiqodga, mustahkam iroda va dunyoqarashga ega boʻlmaslik tashkil etadi. Bunday kishi jamiyatda oʻz oʻrniga, oʻzining aniq hayotiy pozitsiyasiga ega boʻlmaydi. Natijada u turli zararli gʻoyalar, yot, begona mafkuralar taʼsiriga juda oson tushib qoladi. Soʻnggi yillarda ayrim gʻoyaviy savodsiz kishilarning turli xil mafkuraviy tazyiqlar tufayli yot, begona gʻoyalar taʼsiriga yoʻqligi, ishlab chiqilmaganligi natijasida hosil boʻladi. U koʻp hollarda maʼnaviy beqarorlik va pa- rokandalikka olib keladi. Gʻoyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur yetkazadi, uning taraqqa- yotini orqaga surib yuboradi. Masalan, Chingizxon bosqini, Chor istilosi davrlarida ayrim hukimdorlarning xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etmagani oʻlkamizning qaramlik changaliga tushib qolishiga sabab boʻldi. Oʻzbekiston xalqining milliy istiklol mafkurasi hayotbaxsh va adolatli g'oyalarni oʻz ichiga oladi, tushuntirish va ishontirish, taʼlim-tarbiya maʼrifat yo'li bilan, fikrlar rang-barangligini saqlab qolgan holda, yuksak maʼnaviyat va mafkuraviy qatʼiyatni F.z.ka qarshi qoʻyadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falsafa qomusiy lugʻat „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004