Mafkura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va sh.k. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan M. ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir.

M.ning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va b. koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan M.ga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura.

Adabiyot[tahrir]

  • Karimov I.A., Oʻzbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996;
  • Barkamol avlod orzusi, T., 1999.

Hiyom Nazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil