Fyodor Kudryashov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fyodor Kudryashov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fyodor Vasilievich Kudryashov
Tavallud sanasi 5-aprel 1987-yil (1987-04-05) (37 yosh)
Tavallud joyi Mamakan, RSFSR, SSSR
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Left back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Antalyaspor
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997–2002 Sibiryak Bratsk

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Fyodor Vasilevich Kudryashov (1987-yil 5-aprelda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, Turkiyaning " Antalyaspor " klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi. U markaziy himoyachi sifatida ham to'p surishi mumkin.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irkutsk viloyatida tug'ilgan Kudryashov Bratskning "Sibiryak" klubidan kelgan. 2004-yilda Sibir saralash bosqichida o'ynab, uni o'sha paytda Moskvaning "Spartak" skauti bo'lgan Sergey Shavlov ko'rib qolgan. "Spartak" o'rinbosarlari safida o'ynagach, 2006-yilgi mavsumning so'nggi o'yinida debyut qilgan. Yangi mavsumda Kudryashov kutilmaganda Klemente Rodriges ijaraga olinganidan so'ng asosiy jamoa o'yinchisiga aylangan.

2008-yilda Kudryashov iyuldan dekabrgacha "Ximki "da ijara asosida o'ynagan. 2010-yil avgust oyida u "Tomsk" klubiga ijaraga berilgan. U shuningdek, Moskvaning "Spartak" klubidan "Krasnodar" ga ijaraga berilgan.

2012-yilning 1-fevralida Norvegiyaning Rosenborg BK jamoasiga qarshi penaltilar seriyasida Kudryashov penaltidan foydalana olmagan, penaltilar seriyasi 10:9 hisobida yakunlangan, “Spartak Moskva” yutqazgan. Bu ularning Cup del Sol o'rtoqlik turniridagi ikkinchi o'yini bo'lgan.

2019-yilning 10-yanvarida u Qozonning “Rubin” klubi bilan shartnomasini bekor qilgan.

2019-yilning 31-yanvarida u Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan[2]. U 2019-yilning 20 -iyunida klubni tark etgan[3].

2019-yil 12-iyulda u Sochi PFK bilan shartnoma imzolagan[4]. 2019-yil 18-dekabrda uning Sochi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan[5].

2020-yil 6-yanvarda u Turkiyaning " Antalyaspor " klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan[6].

2021-yilning 22-iyulida u turk klubi bilan shartnomasini uzaytirgan[7].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2016-yilning avgust oyida Turkiya va Ganaga qarshi o'yinlar uchun Rossiya terma jamoasiga chaqirilgan[8]. U 2016-yilning 31- avgustida Turkiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. Misrga qarshi guruhning ikkinchi o'yinida zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, u Rossiyaning turnirdagi so'nggi uchta o'yinida - Urugvayga qarshi guruhning so'nggi o'yinida, Ispaniyani 1/8 finalida mag'lubiyatga uchrtagan va chorak finalda Xorvatiyaga mag'lub bo'lingan uchrashuvlarda asosoiy tarkibda maydonga tushgan.

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan[9]. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi so'nggi o'yin boshlanishidan oldin Rossiyaning guruh bosqichidagi dastlabki ikkita o'yinini jarohati tufayli o'tkazib yuborgan, Rossiya 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan va musobaqadan chiqib ketgan. Kudryashov ikkinchi bo'limning yarmida almashtirilgan.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qit'a Jami
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
FC Sibiryak Bratsk 2003 PFL 3 0 0 0 3 0
2004 14 1 1 0 15 1
Jami 17 1 1 0 0 0 18 1
FC Spartak Moscow 2005 RPL 0 0 1 0 1 0
2006 1 0 0 0 0 0 1 0
2007 7 0 2 0 2 0 11 0
2008 1 0 0 0 2 0 3 0
FC Khimki 16 0 1 0 17 0
FC Spartak Moscow 2009 7 0 0 0 7 0
2010 9 0 0 0 9 0
FC Tom Tomsk 10 0 0 0 10 0
FC Spartak Moscow 2011–12 11 0 3 0 0 0 14 0
Jami 36 0 6 0 4 0 46 0
FC Krasnodar 2011–12 RPL 9 0 0 0 9 0
FC Terek Grozny 2012–13 15 0 2 0 17 0
2013–14 15 0 2 0 17 0
2014–15 27 0 0 0 27 0
2015–16 13 0 2 0 15 0
Jami 70 0 6 0 0 0 76 0
FC Rostov 2015–16 RPL 11 1 11 1
2016–17 24 0 0 0 12 0 36 0
Jami 35 1 0 0 12 0 47 1
FC Rubin Kazan 2017–18 RPL 26 0 2 0 28 0
2018–19 9 0 1 0 10 0
Jami 35 0 3 0 0 0 38 0
İstanbul Başakşehir 2018–19 SL 8 1 8 1
PFC Sochi 2019–20 RPL 16 1 0 0 16 1
Antalyaspor 2019–20 SL 17 0 3 0 20 0
2020–21 36 0 4 0 40 0
Jami 53 0 7 0 0 0 60 0
Karyerada jami 305 4 24 0 16 0 345 4
Kudryashov 2021-yilda " Antalyaspor " bilan

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya
Yil O'yin Gol
2016-yil 4 0
2017-yil 11 0
2018 11 0
2019 9 1
2020 1 0
Jami 36 1

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 08.06.2019 Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya  San Marino 3 – 0 9–0 UEFA Yevro-2020 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2018 FIFA World Cup Russia: List of players“. FIFA (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  2. „HOŞ GELDİN FEDOR KUDRIASHOV“ (tr). İstanbul Başakşehir (31-yanvar 2019-yil). 1-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  3. „Rus futbolcumuz Fedor Kudriashov'a kulübümüze olan katkılarından dolayı teşekkür ediyor“ (tr). İstanbul Başakşehir (20-iyun 2019-yil).
  4. „Федор Кудряшов и Александр Карапетян стали игроками "Сочи"“ (ru). PFC Sochi (12-iyul 2019-yil). 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  5. PFC Sochi (2019-yil 18-dekabr). „Фёдор Кудряшов покидает стан сочинцев“ (ru). Press-reliz.
  6. „Hoş Geldin Fedor Kudryashov“ (tr). Antalyaspor (6-yanvar 2020-yil).
  7. „Fedor Kudriashov Yeniden FTA Antalyaspor’umuzda“ (tr). Antalyaspor (22-iyul 2021-yil).
  8. „Russia A-squad versus Turkey and Ghana“. russiateam.com (16-avgust 2016-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2016-yil.
  9. „Состав сборной России на ЕВРО-2020“ (ru). Russian Football Union (2-iyun 2021-yil).