Fritzi Brunette

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fritzi Brunette
Tavalludi 27-may 1890
Vafoti 28-sentyabr 1943
Fuqaroligi AQSh

Fritzi Brunette (inglizcha: Fritzi Brunette; 1890-yil 27-may Savanna, Jorjiya shtatida tugʻilgan — 1943-yil 23-sentyabr, Los-Anjeles, Kaliforniyada vafot etgan) — oʻttiz yil davomida filmlarda rol oʻynagan amerikalik aktrisa[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Nyu-Yorkda kino sanʼatidan tahsil olgan. U karyerasini ovozsiz kinolarga rol ijro etishdan boshlaga va 1939-yilgacha ovozsiz filmlarda rol oʻynagan.1939-yilgacha kinomatografiyaning rivojlanish davri hisoblanib, bu davrning eng mashhur vakili Charli Chaplin edi. Badiiy filmlar mazmuni soʻz, ovozsiz faqat tasvirlar bilan ochib berilishi kerak boʻlgan va Fritzi Brunette buni qoyilmaqom qilib uddalaydi. Xususan, oʻsha paytda uning ishtirokidagi eng koʻzga koʻringan „Say“ filmi edi. Jack Holt kabi kino aktyorlari bilan rol oʻynagan ) va Mitchell Lyuisning "Kechirilgan yoki Jek olmoslari" filmida suratga tushishga shartnoma tuzgan. Shuningdek, Fritzi ishtirokidagi mashhur filmlar quyidagilardir: „The Reprisal“ (1916), „The Woman Thou Gavest Me “ (1919), „While Satan Sleeps“ (1922), "Bellislik San Yuan"(1922) va "Camille of the Barbary Coast" (1925).

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

U koʻchmas mulk agenti John E Clayga uylangan edi. Ularning toʻyi Kentukki shtatining Luisvill shahrida boʻlib oʻtdi. Ular Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi 712 Shimoliy Mansfild avenyusida yashagan. Ammo ular ajrashishgan ham edi. U shuningdek, oʻsha paytdagi sermahsul rejissor va baʼzi kinolar aktyori Uilyam Daylining[2] uchinchi xotini boʻlgan, u aktrisaning koʻplab filmlarini boshqargan. Uilyam Dayling 1935-yilda vafot etdi.

Fritzi Brunette qisqa muddatli kasallikdan soʻng 1943-yilda 53 yoshida kasalxonada vafot etdi. Dafn marosimi Santa Monica bulvaridagi Pirs Brothers Chapel Gollivud krematoriyasida boʻlib oʻtdi. Jasad krematsiya qilindi.

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻliq filmografiyani quyidagi linkdan koʻring. ingliz boʻlimida.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fort Ueyn, Indiana Journal-Gazette, Jek Oʻ Diamonds eng yaxshi kartasi, seshanba kuni ertalab, 1914-yil 12-may, 13-bet.
  • Lima, Ogayo Tayms-demokrat, Fritsi Brunette yaqinda debyut qiladi, payshanba oqshomi, 2-mart, 1916-yil, 7-bet.
  • Los Angeles Times, Fritzi Brunette, 1943-yil 30-sentyabr, A12 sahifa.
  • The New York Times, Fritzi Brunette, 1943-yil 30-sentyabr, 21-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]