Fristayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fristayl (ing . free — erkin, style — usul) — togʻ changʻi sporti turi. F.ning 3 ta turi bor: mogul, changʻi baleta, changʻi akrobatikasi. Mogul — pastbaland trassadan togʻ changʻisida tez tushish; changʻi baleti — tepalikdan turli shakllar (qadamlar, aylanishlar, burilishlar va b.) bajarib tushish; changʻi akrobatikasi — 2 m. li tramplindan bir necha akrobatik shakllarni bajarib (salto, piruetlar va b.) sakrashdan iborat. Sportchilar bajargan elementlarning ogʻirengilligi va ijrosining aniqligi, shuningdek, artistik mahorati hakamlar tomonidan baholanadi.

F. changʻichilarning dam olish turi boʻlgan. Tomoshabopligi uchun changʻi boʻyicha oʻtqaziladigan tadbirlarga kiritilardi. F. boʻyicha birinchi musobaka 1971 y.da AQShning NyuXampshir sh. yaqinida oʻtkazilgan. 1978 y.da Xalqaro changʻi sporti federatsiyasi qoshida F. boʻlimi ochilgan, unga 100 dan ortiq davlat aʼzo (2004). Bu boʻlim 1978 y.dan jahon kubogi, 1986 y.dan jahon chempionatini oʻtkazib keladi. 1992 y.da mogul, 1994 y.da changʻi akrobatikasi olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin oldi. F. AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Fransiya va Skandinaviya davlatlarida rivojlangan.

Oʻzbekistonda F. 20-a.ning 90-y.lari boshidan ommalashdi. Vasila Semenchuk 1991 y.da jahon chempioni boʻldi. Uning gʻalabalarini L. Cheryazova davom ettirdi. Sergey Brener, Larisa Ud od ova, Irina Chernikova kabi sportchilar qita musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishgan. Oʻzbekiston F. federatsiyasi 1992 y.da tuzilgan, oʻsha yili xalqaro tashkilotga qabul qilingan. Toshkentdagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan maktabda F. boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. 4 nafar murabbiy 800 dan ziyod shugʻullanuvchiga F.dan saboq beradi.