Fred Ott aksasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
«Fred Ott aksasi»
Rejissyor(lar) Uilyam Dikson
Ssenariynavis(lar) Uilyam Dikson
Rollarda Fred Ott
Muharrir(lar) Uilyam Heyz
Studiya(lar) «Edison»
Chiqarilgan sanasi 1894-yil, 9-yanvar
Davomiyligi 4 sekund
Mamlakat  USA AQSH
Aksirayotgan Fred Ottning xronotografik rasmi

Fred Ott aksasi yoki Fred Ott. Aksirish (inglizcha: Fred Ott's Sneeze / Edison Kinetoscopic Record of a Sneeze) — amerikalik kinemotografiya texnologiyalari ixtirochisi Uilyam Dikson tomonidan olingan kichikmetrajli ovozsiz film. AQSH Kongressi Kutubxonasidagi eng eski kinolenta hisoblanadi. Filmda, amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edisonning qoʻlida ishlovchi kinomexanik — Fred Ott tasvirga tushirilgan. Ushbu kichikmetrajli film premyerasi AQSHda 1894-yilning 9-yanvar kuni namoyish etilgan. Ushbu kichik filmni suratga olish ishlari 1893-yilda Nyu-Jersi shtatining Vest-Oranjida, Edisonning shaxsiy studiyasida olingan. Filmda Fred Ott tamaki kukunini hidlab aksirgani aks ettirilgan. Film mualliflik huquqlari Uilyam Diksonga tegishlidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]