Francisco Goya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francisco Goya
Goya portrait.jpg
Haqiqiy ismi Francisco José de Goya y Lucientes
Tavalludi 30-mart, 1746-yil(1746-03-30)
Fuendetodos, Saragosa yaqinida
Vafoti 16-aprel, 1828-yil(1828-04-16)
(82 yoshda)
Bordo, Fransiya
Sohasi rassom


Goyya, Goyya-i-Lusyentes (Goya u Lucientes) Fransisko Xose de (1746.30.3, Saragosa - 1828.16.4, Bordo) — ispan rassomi. Madrid BA aʼzosi (1780). 1786 y.dan saroy rassomi, 1799 y.dan qirolning bosh rassomi. Saragosada (X. Lusanimartinesdan) va Italiyada (1769—71) taʼlim olgan. G.ning erksevar sanʼati oʻzining dadilligi, joʻshqin ehtirosi, ijtimoiy yoʻnalishi b-n ajralib turadi. 1773 y.dan Madridda yashagan. F. Baye ustaxonasida ishlagan, qirol shpaler manufakturasi uchun 60 dan ortiq namoyon (kartina)lar yaratgan. 1780 y.lar boshidan portretchi sifatida shuhrat qozonadi, asarlarida hashamatlilik oʻrnini asta-sekin sirlilik, dilkashlik, yengil kinoya egallaydi ("Markiza Solan portreti", 1792; "Gersogina Alba portreti", 1795; "Qirol Karl IV oilasi", 1800 va b.); devoriy rasmlarida diniy mavzularni hayotiy koʻrinishlar tarzida ifodalaydi (San Antonio de la Florida cherkovi kapellasi, 1798, Madridda; Karning uyi, 1820—23 va b.). Grafika asarlarida G.ning ulkan isteʼdodi namoyon boʻldi ("Kaprichos" turkumi, 80 varakda rassomning izohli matni b-n, 1797—98; "Urush ofatlari" turkumi, 22 varaqda, 1810—20 va b.), yirik kartinalari ("1808 y. 2 dan 3 mayga oʻtar kechasi qoʻzgʻolonchilarni otib oʻldirish"; "Madriddagi 1808 yil 2 may qoʻzgʻoloni", ikkalasi ham taxm. 1814 va b.)da davrining eng muhim voqealarini yorqin aks ettiradi. G. ijodi umumevropa badiiy madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, bu taʼsir 20-a.gacha sezilib turadi.[1]

Francisco José de Goya y Lucientes (talaffuzi: Fransisko Hose de Goya-i-Luyentes; 30-mart 1746, Fuendetodos, Saragosa yaqinida — 16-aprel 1828, Bordo) — ispan musavviri.

2 may 1808-yil
Karl IVning oilasi

Havolalar[tahrir]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil