Foydalanuvchi:Normurodova Aziza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Ali (Cassius Marcellus Clay Jr. 17.01.1942 — 03.06.2016) — amerakalikprofessional bokschi va hayriyachi.20- asrning eng taniqli sport arboblaridan va eng buyuk bokschilaridan biri sifatida tanilgan.Yarim og‘ir vaznda Olimpiada oʻyinlari chempioni (1960). Professional bokschilar o‘rtasida og‘ir vaznda bir necha bor jahon chempioni (1964—1974).1961-yilda Islom dinini qabul qildi va ismini Muhammad Aliga oʻzgartirdi.Unga Buyuk Ali laqabini berishgan.

Muhammad Ali
Statistikasi
Asl ismi Cassius Marcellus Clay Jr
Laqabi Buyuk Ali
Vazni Ogʻir vazn
Millati Amerikalik
Tavalludi 17-yanvar 1942-yil

Louisville (Kentucky), AQSH

Vafoti 3-iyun 2016-yil

(74 yoshda) Arizona,AQSH

Oval Ofis Prezident Ronald Reagan va Muhammed Ali. 1983-yil Oq Uy

Moxandas Karamchand Gandi (1869-yil 2-oktyabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. U 1869-yil Gujarot viloyati Porbandar shahrida tugʻilgan. Hind xalqi uni „Mahatma“ („Buyuk qalb“) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887—91-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunosmaslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi „satyagraxa“ („kuch ishlatmasdan kurashish“) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar oʻtkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq toʻlashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922—24, 1930—31, 1942—44). Gandi hindular bilan musulmonlarning oʻzaro doʻstligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizmtya eʼtiqodi chuqur boʻlgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bogʻlashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va doʻstligi haqidagi gʻoyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning gʻazabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

Gandi
Gandi 1931-yilda
Tavalludi Moxandas Karamchand Gandi

2-oktabr 1869-yil

Vafoti 30-yanvar 1948-yil

(78 yoshda)

Fuqaroligi British Raj va Dominion of India
Turmush oʻrtogʻi Kasturba Gandi

(turm. 1883; vaf. 1944)

Otasi Karamchand Gandi
Onasi Putlibai Gandi
Faoliyat yillari 1893—1948
Mukofotlari „Yil kishisi“ (1930)
Bolalari
  • Harilal.
  • Manilal.
  • Ramdas.
  • Devdas.
Imzo

ManbalarTahrirlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

HavolalarTahrirlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]