Foydalanuvchi:Mr.Abdukarimovich/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konfliktologiya — konfliktlarning kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, u lotincha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot so'zlaridan olingan. Konfliktologiya har qanday darajadagi konfliktlarning kelib chiqishi, paydo bo'lishi, rivojlanishi, hal qilinishi va yakunlanishi qonuniyatlarini o'rganadigan fanlararo soha. Konfliktologiya falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tarix, huquq, etika, iqtisod, menejment va boshqa bir qator fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi. Tadqiqotning yo'nalishiga qarab, konflikt ijtimoiy dialektikaning ko'rinishi, ijtimoiy tizim va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi omili, ijtimoiy qarama-qarshiliklar sifatida o'rganiladi. Odamlarning psixikasi va ongidagi kelishmovchiliklarni o'rganadi[1].

Konfliktning paydo bo'lishiga olib keladigan muayyan doiradagi muammolarni hal qilish konfliktning mohiyatini, konfliktologiya ob'ekti va predmetini aniqlash bilan bog'liq holda allaqachon paydo bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko‘pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘mak beradi. Konfliktning o‘zaro ta’sir sub’ekti – alohida odam, odamlar guruhi va odamlar jamoasi hisoblanadi[1].

Konflikt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konflikt bu – odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga tahdid qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin qilish, birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazish, zo‘rlash, shantaj, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar ustidan kulish, guruh-guruh bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va so‘zlar ishlatish, birovning har bir so‘zi va amalidan yomonlik qidirish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shu insonlararo munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli ko‘rinishlari, odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon bo‘lish holatlariga kiradi[2].

Ijtimoiy yoki sotsial konflikt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy yoki sotsial konflikt – bu:

1) Ochiq qarama-qarshilik, ikki yo undan ortiq sub’ektlar – sotsial o‘zaro ta’sir ishtirokchilarining to‘qnashuvi bo‘lib, buning sabablari sotsial konflikt ishtirokchilarining o‘zaro zid manfaatlari va qadriyatlaridir;

2) Sotsial ziddiyatlarning o‘ta keskinlashgan holati, turli sotsial birliklar – sinflar, millatlar, davlatlar, turli sotsial guruhlar, sotsial institut kabilar manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining qarama-qarshiligi yoki jiddiy farq qilishi tufayli kelib chiqadi;

3) Sotsial sub’ektlarning ob’ektiv ravishda farqlangan manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining ochiq-oydin yoki yashirin kurashlari to‘qnash kelishi, sotsial kuchlarning mavjud ijtimoiy tartibga qarshilik ko‘rsatish asnosida bevosita yoki bilvosita to‘qnashuvi;

4) Konfliktning o‘zaro ta’sir sub’ektlari o‘zaro zid bo‘lgan yoki bir-birini istisno etadigan qandaydir o‘z maqsadlarini ko‘zlagan vaziyat. Ijtimoiy konfliktlar konfliktologiyaning markaziy ob’ekti ya’ni yadrosi hisoblanib, u esa shaxslararo konfliktlar hisoblanadi[3].

Ijtimoiy yoki sotsial konflikt sabablari:

1) moddiy resurslar;

2) o‘ta muhim hayotiy ko‘rsatmalar;

3) hokimiyat vakolatlari;

4) ijtimoiy yoki sotsial tuzilmadagi maqom-vazifaga oid farqlar;

5) shaxsga doir (emotsional-psixologik) farqlar va h.k[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Konflektalogiya. 2024-yil 19-mayda qaraldi. 
  2. „Konflikt haqida“. Qomus.info. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  3. „Konflikt haqida“. Qomus.info. Qaraldi: 2024-yil 19-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konfliktalogiya