Foydalanuvchi:Mahmudjon uz/Xato 404

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xato 404 yoki topilmadi xatosi standart HTTP javob kodi boʻlib, mijoz server bilan bogʻlana olganini, lekin, server soʻralgan maʼlumotlarni topa olmaganini koʻrsatadi. 404 xatosini "Server topilmadi" xatosi yoki serverga kirish cheklanganligini ko'rsatadigan boshqa xatolar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. 404 xatosi so'ralgan manba oʻchirib yuborilganini yoki kelajakda mavjud bo'lishi mumkinligini anglatadi, ammo foydalanuchi xato havola orqali sahifaga kirayotgan boʻlishi ham mumkun.

Foydalanuvchilar ko'pincha "buzilgan" yoki "o'lik havolalar" deb ataladigan havolalarga tashrif buyurishda 404 xatosiga duch kelishadi, shu tufayli 404 xatosini Internetdagi eng taniqli xatolardan biri hisoblanadi. [1] .

Ko‘rib chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

HTTP orqali muloqot qilishda mijoz o'z so'roviga serverdan javob berishni talab qiladi. Masalan, veb-brauzer HTML hujjatini ( veb-sahifa ) so'raydi. Raqamli javob kodini va doim ham shart boʻlmagan xabarni kutadi. 404 kodida birinchi "4" mijoz xatosini bildiradi, masalan, URL manzilidagi xato. Keyingi ikki raqam aniq xatoni aniqlaydi. HTTP FTP va NNTP protokollarining oldingi versiyalari kodlarini eslatuvchi uch xonali kodlardan foydalanadi.

Inson tushunishi uchun 404 javob kodidan keyin bu xatoning kelib chiqish sababi tushuntiriladi. HTTP spetsifikatsiyasi "Not Found" [2] (topilmadi) iborasini taklif qiladi va ko'pchilik veb-serverlar odatta 404 kodini va "Not Found" iborasini oʻz ichiga olgan HTML sahifalarini koʻrsatadi.

Koʻpincha sahifa koʻchirilganda yoki oʻchirilganda yoki koddagi va serverdagi fayl nomi mos kelmasa, 404 xatosi kuzatiladi. Birinchi holda, foydalanuvchiga koʻpgina serverlar konfiguratsiyasida sozlanishi mumkun boʻlgan 301 "Moved Permanently" (butunlay koʻchirildi) kodini qaytarish yoki boshqa URL manziliga yo'naltirilishi yaxshiroq. Ikkinchi holda, 410 Gone (resurs butunlay oʻchirilgani) kodini qaytarish yaxshiroq. Biroq, bu ikki variant maxsus server sozlamalarini talab qilganligi sababli, ko'pchilik veb-saytlar ulardan foydalanmaydi.

404 xatosini berilgan URL manzil mavjud bo'lmagan server nomiga bogʻlanganda yuzaga keladigan DNS xatosi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. 404 xatosi serverning o'zi topilganligini, lekin so'ralgan sahifani topa olmaganligini anglatadi.

Foydalanuvchi uchun xatolik sahifasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camino brauzeridagi Vikipediya 404 sahifasining skrinshoti

Veb-server odatda aniqroq tavsifga ega xato sahifasini koʻrsatish uchun sozlanishi mumkin, u asosiy sayt stiliga moslab koʻrsatilishi yoki qidiruv shaklini oʻz ichiga olishi mumkin. Protokol darajasida boʻlgan, foydalanuvchidan yashiringan ibora kamdan-kam hollarda oʻzgartiriladi.

Biroq, 512 baytdan kichik boʻlgan maxsus sahifalarni koʻrsatmaslik kerak, chunki Internet Explorer yoki Google Chrome kabi bazi brauzerlar olingan ma'lumot oʻrniga oʻzlarining xato sahifalarini koʻrsatadilar. Bundan tashqari, agar sahifada icon bo'lmasa (mijoz odatda avtomatik ravishda soʻraydi) va server javobida sahifaning maxsus versiyasi mavjud boʻlsa, bu qo'shimcha trafik talab qiladi va yuklash vaqtini oshiradi. [3] [4]

Ayrim kompaniyalar 404 sahifada " Pasxa tuxumlari " ni yaratadilar. Misol uchun, " Peugeot " sahifada Peugeot 404 [5] avtomobilini tasvirlaydi.

404 xatosidan soxta foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bazi veb-saytlar "topilmadi" o'rniga standart "200 OK" sahifasini qaytaradi, bu yumshoq 404 xatosi sifatida tanilgan. Yumshoq 404 - havolalar toʻgʻri ishlayotganini tahlil qilishning avtomatlashtirilgan usullariga muammo tugʻfiradi. Yahoo kabi ba'zi qidiruv tizimlari yumshoq 404-larni aniqlash uchun avtomatlashtirilgan jarayonlardan foydalanadi [6] Yumshoq 404-lar ma'lum server dasturlarini ishlatishda konfiguratsiya xatosi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, Apache veb-serverida 404 xato fayliga yo'l ( .htaccess da ko'rsatilgan) nisbatan emas(/ error.html). [7], mutlaq boʻladi (masalan, http://example.com/error.html (mavjud bo'lmagan+havola).),

Ayrim proksi-serverlar 500 xato diapazonidan kodni qaytarish oʻrniga xost topilmaganda 404 xatosini qaytaradi. Bu qabul qilingan javoblar asosida ishlaydigan dasturlarni chalkashtirib yuborishi mumkin, chunki ular endi veb-serverning yoʻqligi va mavjud veb-serverda veb-sahifaning yoʻqligi oʻrtasidagi farqni osongina ajrata olmaydi.

2004-yil iyul oyida Buyuk Britaniya telekommunikatsiya provayderi BT Group Internet Watch Foundation potentsial noqonuniy kontent deb aniqlagan kontentga boʻlgan har qanday soʻrovda 404 xatoni qaytaradigan Cleanfeed kontentni blokirovka qilish tizimini oʻrnatdi. [8] Xuddi shu vaziyatdagi boshqa provayderlar HTTP 403 "Taqiqlangan" holatini qaytaradi. [9] Soxta 404 xatoliklarni senzura sifatida ishlatish amaliyoti Tailand va Tunisda ham qayd etilgan. [10] Senzura ayniqsa kuchli ekanligi haqida mish-mishlar tarqalgan Tunisda jamoatchilik hatto "ko'rinmas senzura"ni ifodalovchi "Ammar 404" nomli personajni yaratdi. [11]

Ishlatilgan jargon[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda "Pochta"ning Telekommunikatsiyalar boʻlimi tadqiqot o'tkazdi va jargondagi "404" Buyuk Britaniyada "nodon" bilan sinonimga aylanganligini aniqladi. Slang leksikografi Jonathon Grinning fikricha, "404" jargon nomi sifatida yoshlar kompaniyalaridagi "texnologiyaning tasiri" bilan bog'liq, shu bilan birga, London va boshqa bir qator shaharlarda ushbu jumladan foydalanish cheklangan. [12]

Yaponiyaning 404NOTFOUND musiqiy guruhi, Abakan musiqiy guruhi SHUMM404 va gomoseksual oʻsmirlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Rossiya jamoat Internet loyihasi Дети-404 404 xatosi "sharafiga" deb nomlandi.

Vidjetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina saytlar 404 xato xabarida veb-saytning bosh sahifasiga havola yoki qidiruv shakli kabi qoʻshimcha ma'lumotlarni yuborsa-da, foydalanuvchi soʻragan toʻgʻri veb-sahifa manzilini topishga harakat qiladigan ancha murakkab dasturlar ham mavjud. [13]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  3. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  4. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  5. Ошибка 404 // www.peugeot.ru
  6. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  7. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  8. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  9. «DEMON — Error 403»Andoza:Недоступная ссылка
  10. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  11. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  12. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named autogenerated1
  13. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]