Fonema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mac, oʻzbek tilida k F.si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F.laridan farklanadi. F. qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.

F.ning belgilari farklovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farklovchi belgilariga koʻra, F.lar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. F.lar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, F. farqlanmaydigan, boshqa bir F. bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kucheiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada F. morfema va soʻzlarni farklash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kucheiz pozitsiyada esa F. bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz F.lar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada F.ning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina F.ga tayangan morfema va soʻzlar juftida F. ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl). F.ning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).

F.ning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Mac, rus tilida undoshlarning qattiklik— yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir F.ni roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular F.ning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.

Hoz. termin maʼnosidagi "F." tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-a.ning 70—80y.larida ruspolya k til shu nosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. F.fonologiya va morfonologiyaiing oʻrganish obʼyektidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Trubetskoy N. S ., Osnovi fonologii, M., 1960;
  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili, lqism, T., 1980;
  • Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.