Foma Akvinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foma Akvinskiy (Foma Akvinat; Thomas Aguinas; 1225 yoki 1226, Akuino yaqinidagi Rokkasekka qalʼasi — 1274.7.3, Janubiy Italiya, Fossanuova monastiri) — oʻrta asr faylasufi va sxolastteolog , tomizm asoschisi. 1244 y.dan dominikochilar ordeni monaxi. 1257 yili drlik darajasini olgan. F.A.ning obʼyektividealistik falsafiy tizimi din va aql uygunligi tamoyiliga asoslangan boʻlib, Aristotel taʼlimotini ilohiy jihatdan talqin qilish natijasida vujudga kelgan. F.A. tabiiy borliqning va inson aqlidrokining nisbiy mustaqilligini eʼtirof qilib (tabiiy huquq konsepsiyasi va b.), tabiat xudoning marhamatida, aiyiidrok eʼtiqodda, falsafiy bilish va tabiiy ilohiyot esa gʻayritabiiy vahiyda yakunlanadi, deb hisoblagan. 1323 yili F.A. avliyolar katoriga qoʻshilgan, 1879 i. esa uning taʼlimoti katolitsizmnint birdan bir chin falsafasi deb eʼlon qilingan. Asosiy asarlari: "Majusiylarga qarshi toʻplam" (1261—64), "Ilohiyot toʻplami" (1265—73) va b (yana q. Neotomizm).