Firuz Allayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Firuz Allayev
Tavalludi 7-iyul 1989-yil (1989-07-07) (34 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Fransiyaning xalqaro siyosiy tadqiqotlar instituti
Kasbi Tadbirkor
Mukofotlari „Shuhrat“ medali
Tahsin mukofoti

Firuz Allayev (1989-yil 7-iyul; Gʻijduvon tumani, Oʻzbekiston SSR) — siyosiy tahlilchi, „Allayev Uz“ telegramm kanalini yurituvchi taniqli bloger, oʻzbekistonlik tadbirkor, Asaxiy.uzga tegishli Asaxiy Books loyihasi asoschisi va hozirgi kundagi rahbarlaridan biri[1][2]. Firuz Allayev Asaxiy Books loyihasining yutugʻi sifatida „Shuhrat“ medali va Tahsin mukofoti bilan taqdirlangan[3][4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

F. Allayev 1989-yilning 7-iyul kuni Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. O‘zbekiston jahon tillari universitatining tarjimonlik fakulteti hamda Fransiyadagi Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutida taʼlim olgan. Yevropadagi taʼlimi davomida onlayn tijorat borasida tajribalar orttirgan. 2014-yili ishga tushgan Asaxiy.uz savdo tarmogʻining asoschilaridan biri[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "O'zbekiston orzusi": Firuz Allayev va bugungi Asaxiy.uz, 2019-06-01, qaraldi: 2023-07-21
  2. „“Asaxiy Books” birinchi marta foydaga chiqdi" — Firuz Allayev“. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  3. „«Tahsin» mukofoti g‘oliblari taqdirlandi“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  4. „Prezident matbuot va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotladi“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  5. „Firuz Allayev“. https://www.xabar.uz/uz/mualliflar/firuz-allayev. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.