Farid Abbasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farid Abbasov

Tugʻilgan sanasi: 31-yanvar 1979-yil (1979-01-31) (45 yosh)
Tugʻilgan joyi: Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Yashash joyi: Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Unvoni: Grossmeyster
Hozirgi reytingi : 13400665

Farid Abbasov (ozarbayjoncha: Fərid Abbasov), (1979-yil 31-yanvar [1]) — ozarbayjonlik shaxmatchi, grossmeyster (2007)[2].

2021-yil iyul holatiga ko‘ra, Farid Abbasov Ozarbayjonda 14-o‘rinni egalgan[3]. 1997-yili, shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 2-oʻrinni egallagan.

2001-yilda u xalqaro sport ustasi unvoni[4] bilan taqdirlangan.

Eng yaxshi natijalari:

  • 2004-yil Alushtada 1-oʻrin;
  • 2004-yil, Kireyevskda 1-oʻrin;
  • 2006-yil, Tula shahrida 2-oʻrin;
  • 2006-yil, Konya shahrida 1-oʻrin;
  • 2007-yil, Fransiyaning Sautron shahridagi birinchi Rohde Open;
  • 2007-yil Chanoqqal’a shahrida 1-oʻrin;
  • 2008-yil, La Fère Open (Fransiya) turnirida 1-o‘rin;
  • 2008-yil, Nîmes Open (Fransiya)da 1-o‘rin;
  • 2008-yil, Bokuda boʻlib oʻtgan Prezident kubogida 2-oʻrin;
  • 2010-yil Rashtda boʻlib oʻtgan Kaspiy kubogida 1-oʻrin.
  • 2007-yilda Shvetsiyaning Laholm shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Afsuski, o‘g‘rilar uning mehmonxona xonasiga bostirib kirib, uning noutbuki, aviachiptasi va hujjatlarini o‘g‘irlab ketishgan.

U so‘nggi 9-yil davomida shaxmat bo‘yicha Ozarbayjon yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. GM application
  2. International Chess Federation
  3. „Abbasov, Farid“. ratings.fide.com. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  4. International Master (IM)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]