Resht

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ReshtErondagi shahar. Gilon ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Avtomobil yoʻllari orqali Tehron sh. va Kaspiy dengizi sohilidagi rnlar bilan bogʻlangan. Ipakchilik markazi (14-asrdan). Toʻqimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki, choy), yogʻochsozlik, elektrotexnika, oynashisha sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (metall, yogʻoch oʻymakorligi, badiiy kashtachilik) rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil