Eugene Wigner
VIGNER (Wigner) Yudjin (Eugen) Pol (1902.17.11, Budapesht) — amerikalik nazariyotchi-fizik. AQSH va Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. 1930-yildan AQShda. Birinchilardan boʻlib (1931) guruhlar nazariyasini va simmetriya gʻoyasini kvant mexanikaga tatbiq qilishning samaraliligini koʻrsatib bergan. Zarralarning sochilish nazariyasi va qattiq jismlar nazariyasiga doir muhim ishlar muallifi. Birinchi amerika yadro reaktorini yaratganlardan biri. Nobel mukofoti laureata (1963)[1][2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |