Eruvchanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eruvchanlik — modda.ning biror boshqa modda bilan 2 va undan ortiq komponentdan iborat termodinamik barqaror bir jinsli sistema hosil qilishi. Gazlarning suyuqliklar bilan, suyuqliklarning suyuqliklar bilan taʼsirlanishi natijasida shunday sistema hosil boʻladi (qarang Eritmalar). Moddaning eruvchanligi oʻsha moddaning ayni sharoitda hosil qilgan toʻyingan eritmasining konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi. Turli moddalarning maʼlum erituvchilarda eruvchanligi tashqi sharoitga, asosan, temperatura va bosimga bogʻliq. Koʻpchilik suyukdik va qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ortishi bilan, gazlarning eruvchanligi esa bosim ortishi bilan ortadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuniga boʻysunadi. Suyuqliklar bir-birida istalgan nisbatda (mas, suv bilan spirt), bir-birida maʼlum chegaragacha erishi (mas, suv bilan fenol) yoki bir-birida erimasligi mumkin (mas, suv bilan simob). Moddalarning eruvchanligi tashqi sharoit oʻzgarganda Le Shatelye — Braun prinsipi, yaʼni kimyoviy muvozanatning siljish prinsipiga muvofiq oʻzgaradi.