Dutor oʻrganish kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dutor oʻrganish kitobi
Muallif(lar) Abdusamad Ilyosov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i musiqa
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1966
Sahifalar soni 108

„Dutor oʻrganish kitobi“ — oʻzbek musiqachisi Abdusamad Ilyosov qalamiga mansub dutor chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma. 1966-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan[1]. Qoʻllanma „madaniy-oqartuv“ texnikumlar hamda musiqa bilim yurtlari uchun qoʻllanma oʻlaroq yozilgan.

Ilyosov dutor chalishda pardalararo tovush bezaklari va nola ohanglarini nota yozuvida koʻrsatish uchun yangi belgilarni ishlab chiqqan. Qoʻllanma nazariy va amaliy qismlarga boʻlingan. Amaliy qism, oʻz navbatida, toʻrt qisimga boʻlingan: 1) oddiy zarblar va sodda mashqlar va kuylar; 2) murakkabroq zarblar va kuylar; 3) torlarning joʻr boʻlishi va bezaklar, dutorning ashulaga joʻr boʻlishi; 4) fortepianoning dutorga joʻr boʻlishi va dutor kuylari.

Qoʻllanmani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Islom Ahmedov — muharrir, Yu. Yevdokimov — musiqa muharriri, A. Ahmadjonov — badiiy muharrir, G. Masqudova — texnik muharrir, D. Galiyeva — musahhih. Kitob adadi — 5 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dutor oʻrganish kitobi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]