Dmitriy Ogay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitry Ogay
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dmitry Alekseyevich Ogay
Tavallud sanasi 14-may 1960-yil (1960-05-14) (63 yosh)
Tavallud joyi Taraz, Qozogʻiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
en:FC Khan-Tengri
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980 en:FC Kairat 1 (0)
1981—1983 Paxtakor 33 (0)
1986 FC Khimik
1986—1988 en:FC Kairat 65 (1)
1989 FC Khimik
1990—1991 en:FC Shakhter
Boshqargan klublari
2000—2001 en:FC Esil Bogatyr
2002—2004 en:FC Irtysh
2005—2010 en:FC Tobol
2010 en:FC Taraz
2011 FC Ural
2012 Kairat
2012—2013 Neftekhimik Nizhnekamsk
2015—2016 Tobol
2016—2021 en:FC Zhetysu
2023- en:FC Khan-Tengri
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dmitriy Alekseyevich Ogay (ruscha: Дмитрий Алексеевич Огай; 1960-yil 14-mayda tugʻilgan) — asli koreys boʻlgan qozogʻistonlik professional futbol murabbiyi. U Qozogʻistondagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri. Ogay "Qayrat" jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ klublari bilan SSSR Oliy-ligasida yetti mavsum oʻynadi va 100 dan ortiq liga oʻyinlarida maydonga tushdi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jambul futboli tarbiyalanuvchisi boʻlgan u Jambul oʻsmirlar sport maktabida ish boshlagan.[1] U komsomol aʼzosi edi. 18 yoshida u mahalliy „Ximik“ga qabul qilindi va 1979-yilgi mavsumda u klub tarkibida Qozogʻiston SSR chempionligi uchun 31 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urdi. Ogay oliy ligada oʻynagan „Qayrat Olma-Ota“ ga taklif qilingan, biroq faqat bitta oʻyinga qoʻyib yuborilgan. U Toshkentga yoʻl oldi va uch mavsumda „Paxtakor“ safida oliy ligada 32 oʻyin oʻtkazdi. Keyin u Jambulga qaytdi va deyarli uch yilni „Ximik“da oʻtkazdi va 67 ta oʻyinda 13 ta gol urdi. 1986-yilda uni Qayratga qaytarishdi. Ogay 3 mavsum davomida klub safida 65 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 1989-yilda yana oʻzining tugʻilgan klubida. Keyingi uch mavsumni 1990—1992-yillarda u Qaragʻandada oʻtkazdi. „Shaxtyor“ klubida 98 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan. 1993-yilda u yangi Doʻstlik Alma-Ata jamoasida oʻynadi. Mavsum oxirida Ogay va yana 4 nafar futbolchi Germaniyada Oberliga Nord (beshinchi daraja)ning Preussen Hameln-07 klubida yarim mavsum oʻynashdi. Keyin Ogay bir mavsum Aktobeda, yana Qayrat va Aktau Munaishida oʻynadi. Faoliyatidagi soʻnggi ikki mavsumni u vatani Tarazda oʻtkazdi, oʻshanda Vait Talgaev boshchiligidagi klub Qozogʻiston chempioni (1996) va vitse-chempioni (1997) boʻlgan.[2]

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston kubogida „Qiziljar“ dan kutilmagan magʻlubiyatdan soʻng Ogay 2016-yil 28-aprelda „Tobol“ni oʻzaro kelishuvga koʻra tark etdi.[3] 2023-yilda u Qozogʻistonning "Xan-Tengri" klubi bosh murabbiyi boʻldi.[4]

Mavsum Jamoa Oʻrin
2000 Esil Bogatyr 2
2001 Esil Bogatyr 3
2002 Irtish 1
2003 Irtish 1
2004 Irtish 2
2005 Tobol 2
2006 Tobol 3
2007 Tobol 2
2008 Tobol 2
2009 Tobol

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Толчинский В. Д., Исаев М. А.. . 
  2. „Козырной туз «Тараза»“. 8-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2016-yil.
  3. „fc-tobol.kz“ (ruscha). fc-tobol.kz. FC Tobol (28-aprel 2016-yil). 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2016-yil.
  4. „Дмитрий Огай официально возглавил казахстанский клуб“ (ruscha). prosports.kz (28-aprel 2023-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]