Dmitriy Anuchin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Anuchin

Dmitriy Nikolayevich Anuchin (1843.27.8, Peterburg - 1923.4.6, Moskva) — rus antropologi, geografi, etnografi va arxeologi, Rossiyada antropologiya fani asoschilaridan biri. Peterburg fanlar akademiyasi akademik (1896) va faxriy a’zosi (1898). Tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyati prezidenti (1890-yildan). Rossiyada geograflar maktabini uyushtirgan. Asarlari etnik antropologiya va antropogenez, etnografiya, ibtidoiy arxeologiya, umumiy tabi-iy geografiya, mamlakatshunoslik va fan tarixiga oid.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil