Dilshod Ahatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilshod Hamidovich Ahatov

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Prezidenti Georg Tsereteli O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahatov bilan uchrashuvda, Bratislava, 2019-yil 5-dekabr
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 27-sentyabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nabijon Qosimov[1]
Mansab davri
2010-yil 4-iyuldan – 2013-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Durbek Omonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-fevral 1972-yil (1972-02-28) (52 yosh)
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri

Dilshod Hamidovich Ahatov — oʻzbek diplomati. 2023-yil 27-sentyabrdan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi[2]. 2010—2013-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi[3]. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston, Bangladesh va Nepaldagi elchisi boʻlib faoliyat yuritgan.

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini, 1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Nemis, rus va ingliz tillarida gapiradi.

1995-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari departamenti referenti, attashesi.

1999-2003 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi uchinchi kotibi.

2003-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.

2016-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2020-yil 18-iyuldan 2023-yil 26-sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Bangladesh hamda Nepaldagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlanadi[4][5] va bu lavozimda 2023-yilgacha faoliyat yuritadi.

2023-yil 27-sentyabrda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]