Dilmurod Kasimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilmurod Kasimov
Tavalludi 28-iyul 1975-yil (1975-07-28) (48 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Oʻzbekiston Milliy universiteti
Faoliyat yillari 2017-yildan – hozir amalda.
Unvoni Biznes Ombudsman
Mukofotlari Sodiq xizmatlari uchun medali
Veb-sayti biznesombudsman.u

Dilmurod Kasimov (toʻliq ismi: Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich; 1975-yil 28-iyul, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR)  — sharqshunos-iqtisodchi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil. Mazkur lavozimga Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 28-iyul kuni tayinlangan. Sodiq xizmatlari uchun medali sohibi[1][2].

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich – 1975-yil 28-iyul kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan, 2004-yil Oʻzbekiston Milliy unversitetini huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yil Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi „Innovatsiya“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 20032017-yillar davomida prokuratura organlarida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PF–5125-sonli Farmoniga muvofiq Dilmurod Kasimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimiga tayinlangan[3][4][5][6]. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Vakilning hisobdorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.

Vakilning huquqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

  • tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining davlat organlari tomonidan ogʻishmay ijro etilishini oʻrganish;
  • tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshirish, tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
  • tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar eʼlon qilish;
  • qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish; tadbirkorlik subʼektlarining manfaatlarini koʻzlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji toʻlamasdan murojaat etish;
  • davlat organlari va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotni soʻrash hamda olish;
  • davlat organlarining tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislarida ishtirok etish;
  • zarur boʻlgan hollarda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining, ilmiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, ishchi guruhlar tuzish;
  • tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinayotgan, ayblanayotgan va hukm qilingan tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashish uchun qamoqda saqlash joylariga, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish.
  • Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin[sharh 1].

Vakilning majburiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz faoliyatini amalga oshirishda:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
  • davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga toʻsiqlarni vujudga keltirmasligi;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
  • arz qiluvchilarni shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor etishi shart.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin[sharh 1].

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida“gi qonun moddalari maʼlumot oʻrnida keltirilgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]