Davron Nazarmuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davron Abitovich Nazarmuhamedov
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2015-yil 23-apreldan – 2017-yil 3-yanvargacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ixtiyor Abdullayev
Vorisi Umar Ismoilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1975-yil (1975-11-10) (48 yosh)
Toshkent
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni[1]
Xizmat yillari 1992-yildan
Unvoni General-mayor

Davron Abitovich Nazarmuhamedov — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2019—2023-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi[2], 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

1996—1998 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili.

1998—1999 — Sobir Rahimov tumani ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.

1999—2002 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili.

2002—2006 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, boshligʻi.

2006—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2010—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2014—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.

2014—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi.

2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2019—2023 — Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2023-yil 8-avgustdan — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi[3].

2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]