Dastgoh sanʼati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastgoh sanʼati - tasviriy sanʼatyaning mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan turi. Asarlar bevosita dastgoh (molbert, haykaltaroshlik dastgohi) yordamida yaratilgani uchun shunday nomlanadi. Tarixi antik davrdan boshlanadi (qad. haykallar va b.). Uygʻonish davrida yanada rivojlandi, 19-asrdan keng tarqaldi, 20-asrda mazmunan boyidi, tasvir imkoniyatlari kengaydi. Oʻzbekistonda D. s 19-asrning 40-yillarida paydo boʻla boshlagan, 20-asrning 20-yillaridan rivojlandi (mas, Oʻ. Tansiqboyev, B. Hamdamiy, Sh. Hasanova, I. Ikromov va b.ning asarlari).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil