Daryolarni havzalararo oqizish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daryolarni havzalararo oqizish — xalq xoʻjaligi maqsadlarida sersuv daryo xdvzalaridagi suvning bir qismini kamsuv daryo havzalariga oʻtkazish; suv resurelarini hududiy qayta taqsimlash. Muayyan mintaqa va mamlakatlarda daryolarning notekis joylashganligi D.h.o.ga zarurat tugʻdiradi. Orol dengizi havzasining asosiy daryolari Amudaryo (Zarafshon, Qashqadaryo, Murgʻob, Tajan va b.) va Sirdaryo (Norin, Chirchiq, Aris va b. irmoqlari bilan) suvlari butunlay sugorish va yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun sarflanadi. Havzaning oʻz suv resurslaridan toʻla va samarali foydalanish yoʻllarini izlash bilan birga 80-yillar boshlarida qoʻshni sersuv Kara dengizi (Ob va Yenisey daryo havzalari) havzasi suvlarini Orol dengizi havzasiga oqizish gʻoyalari oʻrtaga qoʻyildi va loyiha ishlari bajarildi. Hoz. sharoitda suv resurelarini bir havza ichida qayta taqsimlash boʻyicha yetarli tajriba toʻplangan. Jumladan, Orol dengizi havzasida daryo suvining bir kismini kamsuv daryolarga oqizishga imkon beradigan yirik suv magistrallari qurildi: Qoraqum kapali (Amudaryo suvining bir qismini Murgʻob, Tajan va Atrek daryo havzalariga yetkazib beradi); Amu-Buxoro mashina kanali (Amudaryo-Zarafshon); Qarshi mashina kanali (Amudaryoqashqadaryo); Amu-Zang kanali (Amudaryo-Surxondaryo) va b. (qarang Daryo oqimini tartibga solish).

Daryolar suvini bir havzadan boshqasiga oqizish texnika nuqtai nazaridan suv resurslarini qayta taqsimlashning birmuncha murakkab usuli hisoblanadi. D.h.o.ning ekologik va meliorativ oqibatlari har tomonlama puxta tadqiq qilinishi lozim. Suv resurslarini havzalararo oqizish (qayta taqsimlash) sxemalari boʻyicha ilmiy tadqiqot va loyihalash, texnika-iqtisodiy ishlarni ilmiy tadqiqot institutlari bajaradi.

Toshtemir Bekmurodov.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil