Curiosity (marsyurar)
Curiosity (talaffuzi: Kyuriositi; inglizchadan tarjimasi: Qiziquvchanlik) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir.
Marsyurar yadroviy oziqlanuvchi koʻchma ilmiy laboratoriya boʻlib, oʻnlab uskunalar bilan qurollangan. U NASA'ning Mars Science Laboratory (MSL; Mars Ilmiy Laboratoriyasi) vazifalaridan biridir. MSL vazifalariga quyidagi ilmiy ishlar kiradi: Mars iqlimi va geologiyasini oʻrganish, Marsda hayot boʻlgan-boʻlmaganligini tekshirish va Marsdagi suv ahamiyatini tadqiq etish. Curiosity Mars sathida eng koʻp ilmiy uskuna tashiydigan robotdir.[1]
Curiosity 2011-yil 26-noyabrida Yerdan uchib, 2012-yil 6-avgustida (NASA shtabi vaqti bilan 5-avgustda) Marsning Gale krateriga muvaffaqiyatli qoʻndi.[2] Tez orada u fotosuratlar olib, Yerga uzatdi.[3]
Shuningdek qarang [tahrir]
- Spirit marsyurari
Manbalar [tahrir]
- ↑ Mars Science Laboratory - Facts (PDF). Jet Propulsion Laboratory, NASA (March 2012). July 31, 2012.
- ↑ NASA Staff (6AUG2012). NASA Lands Car-Size Rover Beside Martian Mountain. NASA. 6AUG2012-1.
- ↑ “Curiosity” Marsdan ilk suratlarni jo‘natdi, kun.uz
Havolalar [tahrir]
|
|
VikiOmborda Curiosity (marsyurar) haqida turkum mavjud. |
|
|
VikiOmborda Curiosity yuborgan suratlar haqida turkum mavjud. |