Chust-Pop adirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chust-pop adirlari - Fargʻona vodiysidagi adirlar. Fargʻona botigʻining shim.da. Gʻarbda Xonobod qishlogʻidan boshlanib sharqda Chuyet shahri yaqinida tugaydi. Shim.da OlmosVarzik adirorti botigʻi, jan.da Chodaksoy, Gʻovasoy, Chustsoy va boshqa yoyilma konuslarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Sirdaryoga nishab tekisliklar va Sirdaryo terrasasi bilan chegaralangan. Adirlar gʻarbdan sharqqa 38 km ga choʻzilgan. Eni 4–5 km. Balandligi gʻarbiy qismda 939 m gacha, sharqida 855 m gacha. Qurama va Chatqol tizmalaridan boshlanuvchi daryolar (Olmos, Morguzar, Tuzli, Murildi, Jida) adirlarni kesib oʻtgan. Antiklinal tuzilishga ega, neogenquyi toʻrtlamchi davrlarning gil, alevrolit, konglomerat, lyosslaridan tashkil topgan. Qishi moʻʼtadil, yozi issiq, yogʻingarchilik kam. Boʻz tuproqlar tarqalgan, asosan, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Ancha qismi suv chiqarilib oʻzlashtirilgan.