Chuhuiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chuhuiv (ukraincha: Чугуїв) yoki Chuguev (ruscha: Чугуев) — Ukrainaning Xarkov viloyatidagi shahar . Shahar Chuxuiv tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Unda Ukrainaning aholi punktlaridan biri bo'lgan Chuxuiv aholi punktining ma'muriyati joylashgan.[1]

Chuhuivning oziq-ovqat sanoatining asosiy qismini ziravorlar va mayonez ishlab chiqarish tashkil etadi. 

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning aniq tashkil etilgan yili to`g`risida ma`lum bir fakt mavjud emas. Negaki ko`plab tarixshunos olimlarning fikri turlicha. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, shahar 1547-yildan 1584-yilgacha hukmronlik qilgan Rossiyaning birinchi podshosi Ivan Dahlizning buyrug'i bilan qurilgan. 

1638-yilda Moskva podshosi Mixail Fedorovichning buyrug'i bilan Ukraina kazaklari Yakiv Ostryanyn tomonidan shaharga yaqin joydan harbiy qal'a qurilgan. O'shandan beri Chuxuiv yaqinida harbiy qism saqlanib qolgan. 1819-yilda harbiy koʻchmanchilar tomonidan Chuguev qoʻzgʻoloni bo`lib o`tgan.

Sovet Ittifoqi hukumati davrida bu shahardagi harbiy baza muhim harbiy tayyorgarlik markaziga aylangan. Bu yerda Sovet Harbiy-havo kuchlari uchuvchilar akademiyasi va Qizil Armiya artilleriya maktabi ham joylashgan. Hozirda ham shaharcha yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlari bazasi joylashgan.

Harbiy tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:RedArmy kursants1933.jpg
Chuxuivdagi Qizil Armiya artilleriya maktabining Kursantlari 1933-yil
Petro Poroshenko Chuxuiv aviabazasida, 2016 yil
  1. „Чугуевская городская громада“ (ru). Портал об'єднаних громад України.